Oshxona

Uy sharoitida fransuzcha muzqaymoq tayyorlaymiz

Mazali klassik fransuz vanilli muzqaymog‘ining mazasi siz va oilangiz a’zolari yodida anchagacha qolishiga shubhamiz yo‘q. Demak, ishga kirishamiz.

Zarur masalliqlar:

  • 2,5 stakan sut
  • 4 dona tuxum sarig‘i
  • 1 stakan shakar
  • 2 stakan qaymoq
  • 1 pachka vanilin
  • konditerlik bezaklari

Tayyorlanishi:

1. Sutni idishga solib, o‘rta olovda qaynatamiz. Vanilin qo‘shamiz.

1369357636_homemade-vanilla-ice-cream-homemade-ice-cream

2. Tuxumning sarig‘ini oqidan ajratib, shakar bilan birga ko‘pirtiramiz. Aralashma oq rangga kirgunicha ko‘pirtirishda davom etamiz.

1369357618_how-to-make-homemade-ice-cream

3. Qaymoqni ham yaxshilab ko‘pirtirib olamiz.

SONY DSC

4. Tuxum va shakarli aralashmani vanilinli sutga qo‘shib, qaynatamiz. Quyuqlashgunicha, doimiy ravishda aralashtirib turamiz.

1369358902_best-recipes-for-homemade-ice-cream

5. Uni suzgichdan o‘tkizib, ko‘pirtirilgan qaymoq bilan aralashtiramiz.

1369357607_stp_beericecream_7861-574x382

6. Aralashmani sovitgichda bir kechaga qoldiramiz. So‘ng, uni blenderda yaxshilab ko‘pirtirib, plastik idishga solamiz va yana 2—4 soatga muzlatgichga qo‘yamiz.

1369358105_vanilla-ice-cream

7. Qotgan muzqaymoqni muzlatgichdan olib, xona haroratida biroz erigunicha kutamiz va konditerlik bezaklari bilan yasatamiz.

1369358168_vanilla-bean-ice-cream-23-600

Muzqaymoq tayyor. Yoqimli ishtaha!