Uzumning ajoyib mazasi hamda apelsinning nozik va xo‘shbo‘y hidi bilan boyitilgan mazkur pirog mayin va uvalanib ketadigan xususiyatga ega. Buning ustiga, u juda oz masalliqdan tayyorlanadi.
Zarur masalliqlar:
- 2 dona tuxum
- 120 g shakar
- 50 g margarin
- 50 ml zaytun moyi
- 50 ml sut
- 200 g un
- 300 g uzum (o‘zingiz xohlagan turdagi)
- 1 choy qoshig‘ida yumshatgich (razrixlitel)
- 0,5 choy qoshig‘ida vanilli shakar
- 1 dona apelsin qobig‘i (sedrasi)
Tayyorlanishi:
1. Apelsin qobig‘ini mayda tishli qirg‘ichdan o‘tkazamiz.
2. Tuxum va shakarni 2-3 daqiqa davomida ko‘pirtiramiz.
3. Unga eritilgan margarin, zaytun moyi, sut, apelsin qobig‘i va vanilli shakarni qo‘shib, yana ko‘pirtiramiz.
4. Un va yumshatgichni ham qo‘shib, qoshiq yordamida aralashtiramiz. Quyuq xamir hosil bo‘ladi.
5. Uzum donalarini xamirga solib, ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz.
6. Yog‘langan formaga xamirni solib, qoshiq bilan tekislaymiz. 180 darajada qizdirilgan duxovkada 1 soat davomida pishiramiz.
7. Tayyor pirog yuziga shakar upasi sepish mumkin.
Uzumli pirogimiz tayyor. Yoqimli ishtaha!
Manba: Daryo.uz