Oshxona

Xalqaro tarvuz kuniga tarvuzli muzqaymoq tayyorlaymiz

Bugun, 3-avgust — Xalqaro tarvuz kuni. Shu munosabat bilan tarvuzdan tayyorlanuvchi muzqaymoq retsepti bilan bo‘lishishga qaror qildik.

Tarvuz meva emas, balki bodringdoshlar oilasiga kiruvchi sabzavotdir. Bundan 5 000 yil avval Qadimgi Misrda yetishtirilgan. Tarvuz 90 foiz suv, 10 foiz fruktozalardan tashkil topgan. Unda A, B6 va S vitaminlari hamda boshqa mikroyelementlar bor. Shu bois, ko‘pgina kasalliklarga davo ekanligi tibbiyotda tasdiqlangan.

Aynan tarvuz po‘stlog‘ida tortiladigan desert yozning issiq kunlarida salqinlik, ajoyib ta’m baxsh etadi.

Zarur masalliqlar:

  • 1 dona tarvuz
  • 1 stakan shakar
  • 1 stakan suv

Tayyorlanishi:

1. Tarvuz yuviladi, o‘rtasidan ikki bo‘lakka kesiladi va lahm joyi qirib olinadi.

1374514598_watermelon-lime-sorbet-slices-1

2. Urug‘laridan tozalanib, lahm joyi blenderda (maydalagich) ko‘pirtiriladi. Suv bilan shakar upasi qiyom holiga kelguncha qaynatiladi.

1374514590_watermelon-lime-sorbet-slices-2 (1)

3. Tayyor bo‘lgan tarvuz sharbati va qiyom aralashtiriladi. Muzlatgichga 2-3 soatga yoki bir kechaga qo‘yiladi. Uni muzlatgichdan olib, maxsus asbob bilan yoki blenderda ko‘pirtiramiz. Aralashmaga shokolod burdalarini ham solish mumkin. Ular tarvuz danaklari ko‘rinishini hosil qiladi.

1374514579_watermelon-lime-sorbet-slices-3

4. Tayyor muzqaymoq tarvuz po‘stlog‘iga joylashtiriladi va 3—4 soatga yana muzlatgichga qo‘yiladi.

1374514577_watermelon-lime-sorbet-slices-4

5. Iliq suvga namlangan pichoq bilan tarvuz bo‘laklari kabi kesiladi va darhol dasturxonga tortiladi.

1374513650_bez-imeni-5

Yoqimli ishtaha!