Bilasizmi?

Xotirani 20 foizga yaxshilashning oddiy usuli

Yuta universiteti tadqiqotchilari odamning tabiat qo‘ynida bo‘lishi miyaga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqladi.

Buning uchun ular talabalarning oddiy hisoblash vazifalarini 30 daqiqalik sayrdan oldin va keyin qanday bajarishini tekshirgan. Ensefalografik shlem yordamida ular neyronlarning faolligini o‘lchagan.

Talabalar sayrdan keyin topshiriqlarni ancha yaxshiroq bajargani ma’lum bo‘ldi. Neyropsixolog Devid Streyer hamma gap prefrontal qobiqning faoliyatida deb hisoblaydi. U qaror qabul qilishga ta’sir ko‘rsatadi.

Zamonaviy yashash sharoitida unga juda ko‘p vazifa yuklanadi, zaxiralari esa tugab qoladi. Biz tabiat qo‘ynida bo‘lsak, oxiri u ham dam olishi mumkin. Bunday tiklanish xotirani taxminan 20 foizga, aqlni esa 50 foizga yaxshilaydi.

Streyerning tadqiqoti natijalari boshqa olimlarning xulosalari bilan bir xil. Masalan, toza havoda yarim soatlik sayr qilish miyaga o‘rnashib qolgan fikrlar va depressiya natijasida qonning miya sohasiga oqib kelishini qisqartirishi aniqlangan. Tadqiqot qatnashchilari toza havodan nafas olgandan keyin o‘zlarini baxtliroq his qilganini tan olgan.

Buning sababini quyidagicha izohlash mumkin: sayr qilish vaqtida diqqat ancha yumshoq to‘planadi. Biz o‘zimizni erkin qo‘yib yuboramiz, bulutlarda uchamiz. Bunday holatda miya biron-bir aniq narsaga qaratilmagan bo‘ladi. Lekin, u anglab yetmagan holda muammolarni tahlil qilishda davom etadi.

Buni hayotga qanday tatbiq etish mumkin?

Odatda hammaning ishi juda ko‘p bo‘lgani uchun toza havoda sayr qilish ortiqcha bo‘lib ko‘rinadi. Lekin, aynan undan keyin siz ishlarni tezroq bajarasiz va muammolarni yechishning yangi usullarini topasiz.

Bularga ham xuddi uyqu va to‘g‘ri ovqatlanish kabi e’tiborsizlik qilish mumkin emas.

Ijobiy samarani his qilish uchun 30 daqiqa kifoya qiladi. Seriallar yoki ijtimoiy tarmoqlar uchun sarf qiladigan vaqtingizning bir qismini toza havoda sayr qilish bilan almashtiring. Yoki ofisda emas, balki xiyobondagi skameykada tushlik qiling.

Manba: Daryo.uz