Oshxona

«Yarim oy» pitssasi - bayramni oilaviy nishonlaydiganlar uchun!

Zarur masalliqlar: xamiriga: 250 gr. un, 200 ml. sut, 3 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, 2 choy qoshiq xamirturush, 1 choy qoshiq shakar, tuz; ichiga solishga: 300 grammdan tovuq go‘shti va qo‘ziqorin, 250 gr. pishloq, 2 dona pomidor, 2-3 osh qoshiq tomat yoki ketchup, rayhon, o‘simlik yog‘i, tuz, murch; yuziga surtishga: bitta tuxum sarig‘i.

Tayyorlanishi: 1. Iliq sutga shakar va xamirturushni solib, ustini sochiq bilan yoping-da, issiq joyga qo‘ying.

2. 15 daqiqadan so‘ng sutga o‘simlik yog‘ini qo‘shing. Keyin tuz va un solib, xamir qoramiz. Xamirni sochiqqa o‘rab, 45 daqiqa oshishini kutamiz.

3. Tovuq go‘shti, pomidor va qo‘ziqorinni maydalab to‘g‘rang. Pishloqni kattaroq qilib aylana shakldagi bo‘laklarga bo‘lamiz. Rayhonni ham maydalaymiz.

4. Qizdirilgan o‘similk yog‘ida tovuq go‘shtini qovuring. Go‘sht ranggi o‘zgargach, qo‘ziqorinni qo‘shib, tuz, murch seping-da, 15-20 daqiqa past olovda qoldiring.

5. Xamirni 2 yoki 3 zuvalaga bo‘lib, yoyamiz. Bir tomoniga tomat surtib, tovuq go‘shtli aralashmani soling. Ustidan rayhon sepasiz-da, pishloq bo‘laklarini joylaysiz.

5. Xamirni yarim oy shaklida tuging. Tuxum sarig‘idan surtib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 30-35 daqiqaga qo‘ying.

2 soat

6 kishilik

Manba: Darakchi.uz