Bilasizmi?

Yaxshi va mazali sosiskalarni qanday tanlash va sifatsiz mahsulotga uchrab qolmaslik mumkin

Albatta, tarkibini diqqat bilan o‘qish kerak. Haqiqiy sifatli sosiskalar faqat go‘shtdan tayyorlanadi (go‘shtli submahsulotlarsiz va boshqa go‘shtni o‘rnini bosuvchi mahsulotlarsiz), tuxum, sut va qaymoq kabi tabiiy masalliqlar qo‘shiladi. Ayrim ishlab chiqaruvchilar ziravorlar va bo‘yoqlar qo‘shadi.

Qonun bo‘yicha ishlab chiqaruvchi mahsulot tarkibini to‘liq ko‘rsatishga majburdir. Oqsillar, yog‘lar, uglevodlar tarkibi va nisbati bilan tanishib chiqsangiz, bu kaloriyalarni hisoblash va parhezingiz uchun mos sosiskalarni tanlashingizga yordam beradi.

Misol uchun, Sardelio sosiskalari maxsus tanlab olingan mol go‘shti, tuxum, sut va hatto qaymoqdan tayyorlanadi. Maxsus Italiya texnologiyasiga ko‘ra, ishlab chiqaruvchi o‘ziga xos samaraga erishdi — bu sosiskalarni pishirishga hojat yo‘q, ularni oddiy mikroto‘lqinli pechda isitishning o‘zi kifoya.

Qanday tanlash tushunarli. Mazali sosiskalarni qayerdan qidirish kerak va ularni qanday sharoitda saqlash kerak?

Paketni ochgandan so‘ng, sosiskalar faqat muzlatgichda saqlanishi kerak. Agar mahsulot vakuumli qadoqlangan bo‘lsa, unda sosiskalarni saqlash tavsiya etilmaydi. Sardelio mahsulotlarining yangi qadog‘i shu ma’noda ancha qulay – uni yuqoridan avaylab ochish va qadoqlangan sosiskalarni muzlatgichda saqlash mumkin.

Sosiskalar uzoq vaqt davomida saqlanadi, ammo tashqi xususiyatlariga ahamiyat bering: yangi sosiskalar ichida namlik, o‘ziga xos hid va xira rangga ega bo‘lmasligi kerak.

Har xil mazaga ega sosiska turlarining farqi nimada va ular nimaga mos keladi?

Sosiskalar har xil bo‘ladi va uning turlaridan boshingiz aylanib ketishi ajab emas. Qaysi sosiskalarni nonushtaga iste’mol qilish, qaysi sosiskalar issiq garnirlarga mos kelishi va qaysi birini tushlik uchun tanlash kerakligi haqida kichik qo‘llanmani taqdim qilamiz.

Nonushta uchun eng mosi — Sardelio kids, mahsulot bolalar uchun mo‘ljallanganiga qaramay, u kattalarga ham albatta yoqadi, uning nozik ta’mi barchaga xush keladi.

To‘yimliroq tanavvul uchun esa mol g‘oshti va pishloqli «Yegerskiye» sosiskalarini tanlang. Ular oqsilga boy bo‘lib, kun davomida sizga kuch beradi.

Yengil kechgi ovqat uchun ko‘pchilik mol go‘shtidan qilingan sardelkalarni tanlaydi. Bu turdagi sosiskalar yengil sabzovotli salat va har qanday garnir bilan mos keladi.

Men turli brendlarning har xil sosiskalarini tatib ko‘rganman. Balki menga qandaydir yangilikni tavsiya eta olarsiz?

Agar siz eng yaxshi va sifatli mahsulotlardan foydalanadigan, an’anaviy va noyob mahsulot tayyorlash usullariga ko‘ngil qo‘ygan, shuningdek, iste’molchilarning  fikr-mulohazalarini diqqat bilan kuzatib boradigan va ularning istaklarini amalga oshirishga intiladigan ishlab chiqaruvchini qidirayotgan bo‘lsangiz taniqli Ro‘zmetov brendining yangilangan Sardelio liniyasiga e’tiboringizni qarating.

Ushbu mahsulot iste’molchilar uchun oilaviy an’analar, ta’m va g‘amxo‘rlik timsolidir. Ro‘zmetov uyi asoschisining o‘g‘li va g‘oyaviy ilhomlantiruvchisi Zafar Ro‘zmetov ishlab chiqarishni shaxsan boshqaradi. Italiya texnologiyasidan ilhomlanib, u O‘zbekistonda ham Italiya sifatidagi sosiskalar ishlab chiqarishni shaxsan o‘zi tashkillashtirdi. Hozir Sardelio mahsulotlari ko‘pchilik uchun tanish, lekin uni boshidan kuzatib borayotganlar, bu ishlab chiqaruvchi xaridorning munosabatiga qanday hurmat bilan qarashi va iste’molchilarning taklif va g‘oyalariga qanchalik tez javob berishini bilishadi. Ushbu ochiq yondashuv tufayli, hozir Sardelio — bu yangi, qulay qadoqlangan, eng sara go‘shtning boy ta’mi va noyob italyan retseptining bir nechta sirlarini o‘zida mujassam etgan brend.

Manba: Daryo.uz