Bu maqolani «Hamma yolg‘on gapiradi!» de nomlangan mashhur teleserialning taniqli qahramonining gaplari bilan boshlashni istayman. Ba’zan o‘z vaqtida aniqlangan yolg‘on ko‘pgina xavflardan qochishga yordam beradi. Tabiiyki, yaqin va «sinalgan» insonlar bir-birini damba-dam aldaydigan dunyoda odam o‘ziga ham ishonishi qiyin bo‘lib qolarkan.
Agar ruhshunoslarga ishonadigan bo‘lsak (to‘satdan aldashmasa), bir qancha nozik farqlarning sharofati bilan amaliy jihatdan biron insoning qayerda yolg‘on yoki rost gapirayotganini aniqlash mumkin. Mana bu mo‘’jizali belgilar sizga u odamning sizga nisbatan rostgo‘yligini aytib beradi.
1.Tanasidagi o‘zgarishlar
Olimlar taxminan 55 foiz xabarlarni odamlar bir-biriga tanasi orqali yetkazishligini hisoblab chiqishdi. Bizning vazifasiz – ularni aniqlash, elakdan o‘tkazish va bizni qayerda aldashayotganini aniqlashdir.
Yolg‘onchi suhbatdoning belgilari: u odatdagidan ko‘ra ko‘proq qizini pirpiratadi (ishonchli ko‘rinishga harakat qilib), to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘z qarashidan qochishadi (g‘ayriixtiyoriy aybdorlik hissi), suhbat chog‘ida og‘zi atrofiga qo‘li bilan tegaveradi (beixtiyor o‘ziga gapirishni «ta’qiqlaydi»), sekin gapiradi (xotirjamlikni saqlashga zo‘rlik bilan harakat qiladi), boshini tez liqillatadi.
Sizga qandaydir muhim narsa haqida gapirishayotganda mana shu yolg‘onning belgilariga e’tibor berish kerak.
2.Ovoz va ohangning o‘zgarishi
Taxminan 38 foiz ma’lumotlarni inson o‘z nutqining ohangi, ovozi, tezligi orqali yetkazar ekan. Yolg‘onchilar ko‘pincha tez gapirishadi yoki aksincha beixtiyor duduqlanishadi. Bundan tashqari, agar suhbatdoshning gapi majburiy bo‘lmagan ma’lumot va sifatlar bilan to‘la bo‘lsa, o‘ylab ko‘ring, ehtimol u sizni aldayotgandir?! Yana yolg‘onchilar ko‘pincha asabiylik, bezovtalik va hatto qo‘rquv belgilarini namoyon qilishadi (vaziyatga bunga sabab bo‘lmasa ham).
Agar u do‘stingizdan «Bugun qayerda eding?» deb so‘rasangiz, u birdan tutilib qoladi yoki odatgidan ko‘ra tezroq gapiradi (garchi bunga sabab bo‘lmasa ham), demak u sizdan nimadirni berkitmoqda.
3.Kayfiyatidagi o‘zgarish
Kaliforniya universitetining psixologiya professori Albert Megrabyanning tadqiqotiga ko‘ra, faqat barcha ma’lumotlarning bor-yo‘g‘i 7 foizini bir-birimizga so‘z orqali yetkazar ekanmiz.
Shu sababli agar siz kimnidir yolg‘onchilikda gumon qilayotgan bo‘lsangiz, uning oshqozoni va yuragining holati qanday ekanligini so‘rang.
«Buni qanday eslab qolish kerak?» degan beixtiyor savol tug‘iladi. Suhbatdoshingizga nisbatan ziyrak va e’tiborli bo‘lishingiz yetarli. Agar boshqalarning o‘zini tutishidagi ongsiz qisini tushunib yetishni boshlasangiz, tez orada ularni o‘qishni va hattoularning yolg‘onini «fosh qilishni» o‘rganib olasiz.
Xurshida Xonim