Kreditlar, oiladagi alohida hisoblar va qat’iy byudjet rejasining yo‘qligi ko‘ringanidek yomon xatti-harakat emas.
Avval katta bo‘lmagan qarzlarni to‘lash
Kattaroq qarzlar yig‘ilib qolmasligi uchun eng yuqori foizli kreditni to‘lashdan boshlash foydaliroqdek ko‘rinadi. Lekin Garvarddagi tadqiqotchilar bir necha tajribalardan keyin, bizning motivatsiyamiz qarzlarning asta-sekinlik bilan yo‘qolayotganini ko‘rish natijasida oshadi degan xulosaga keldi. Avval ularni to‘lar ekanmiz, biz o‘zimizda rivojlanishni sezamiz — va qolganlarini ham tezroq to‘lashga harakat qilamiz.
Oilada alohida hisoblar bo‘lishi
Ko‘pchilik holatlarda alohida hisoblarning bo‘lishi hatto mantiqliroq: masalan, agar er-xotinlarning biri pulni qanday sarflashni bilmasa.
Shuningdek oilaviy xarajatlar uchun umumiy hisob va er-xotinning har birida moliyaviy erkinlik bo‘lishi uchun alohida hisoblar ochish mumkin.
Uyni ijaraga olish
Yoshlar uchun ijaraga olingan uy hatto, yaxshiroq. Bunda siz bir joyga bog‘lanib qolmaysiz, agar boshqa shahardan ish topsangiz ko‘chib ketishingiz ham oson bo‘ladi. Buning ustiga shaxsiy uyning xarajatlari ham arzon bo‘lmaydi: ko‘chmas mulk solig‘i, ta’mirlash xarajatlari.
Kredit olish
Agar u ikki moliyaviy maqsadlardan biriga erishishda yordam bersa, kreditning hech qanday yomon tomoni yo‘q: ta’lim olish yoki uy sotib olish. Bu variantlarning ikkalasi ham vaqti kelganda o‘zini oqlaydi. Bundan tashqari, agar sizda ipoteka krediti bo‘lsa, unda soliq imtiyoziga ega bo‘lishingiz mumkin.
Xarajatlarni rejalashtirmaslik
Byudjetni rejalashtirish parhez yoki sport bilan shug‘ullanishga o‘xshaydi: agar u sizga yoqmasa, unga uzoq vaqt rioya qila olmaysiz.
Agar puxta rejalashtirishni yomon ko‘rsangiz, xarajatlarni ilova yordamida nazorat qiling. Shunda siz har bir xarid qilishda o‘zingizni aybdor his qilmaysiz, zarur bo‘lgan hollarda esa xarajatlaringizni kamaytirishingiz mumkin.
Manba: Daryo.uz