Madaniyat

​Yuz uchun bahoriy niqoblar

Sovuq kunlarda yuzlar quruqlashadi. Bahorda esa ular, albatta, parvarish talab qiladi. Quruq va dag‘allashgan yuz terisi uchun esa quyidagi oddiy, ammo juda samarili niqoblardan foydalanishni tavsiya etamiz.

Suli yormasidan

3-4 osh qoshiq suli yormasini qaynoq sutga solib, aralashtiring. Hosil bo‘lgan aralashmani yuzingizga tekis qilib surting. 15-20 daqiqadan so‘ng issiq suv bilan yuving.

Smetanadan

100-200 ml. yog‘li smetanani yuz terisiga surting. 15-20 daqiqadan so‘ng iliq suv bilan yuving.

Tvorogdan

2 osh qoshiqdan tvorog, sabzi sharbati, zaytun yog‘i va sutni aralashtiring. Yuz terisiga qalin qilib surting. 10-15 daqiqadan so‘ng iliq suv bilan yuving.

Asaldan

2 osh qoshiq asalga 1 osh qoshiq suli yormasi, 2 choy qoshiq sut qo‘shib, yuzingizga surting. 15-20 daqiqadan so‘ng iliq suvda yuving. Agar allergiyaga moyil bo‘lsangiz, bu niqobdan foydalanmang.

Banandan

O‘rtacha kattalikdagi bananni ezib, 1 choy qoshiqdan yuz uchun mo‘ljallangan parvarishlovchi krem va zaytun yog‘i, yarim choy qoshiq limon sharbati qo‘shing. 15-20 daqiqaga yuzingizga surtib, issiq suv bilan yuving.

Tuxum sarig‘idan

1 dona tuxum sarig‘iga 1 choy qoshiq istalgan yog‘ (zaytun, o‘simlik yog‘i)dan solib, 1 choy qoshiq suv qo‘shing. Yuzingizga surtib, 15-20 daqiqa qoldiring. So‘ngra doka bilan artib oling-da, iliq suvda yuving.

Manba: Darakchi.uz