Madaniyat

Yuz uchun niqoblardan foydalanishning 7 muhim qoidasi

1. Avvalo yuz terisi qaysi guruhga mansub ekanligini aniqlab olish lozim. Yuz terisi quruq, yog‘li va normal guruhlarga bo‘linadi.

2. Niqob uchun yangi, sifatli va tabiiy mahsulotlardan foydalanish shart.

3. Har qanday niqobni yuzda 20 daqiqadan ortiq ushlab turish mumkin emas.

4. Niqob tayyorlashda uning tarkibiy qismi bo‘lgan mahsulotlar miqdorini o‘zgartirish mumkin emas.

5. Yuzingizni yuving yoki teringizga mos loson bilan arting.

6. Ko‘zning atrofi, pastki qovoqlarni ochiq qoldirgan holda niqobni yuzga bir tekis qilib surtib chiqing.

7. Niqobni yuzdan yuvib tashlagach, 1-2 soat pardoz vositalaridan foydalanmang.

Manba: Darakchi.uz