Vazn ortishi faqat qorin va bo‘ksaga soya soladi, desangiz adashasiz. Yuzingiz ham bu «baxt»dan bebahra qolmaydi. Yonoqlar shishib, qovoqlarning «to‘n»i qalinlashadi. Peshana, daxan terisi esa sevinchdan yoyilib ketadi. Bunday bo‘lishini istamaysiz-a?! Unda yuz uchun ozdiruvchi mashqni kanda qilmang.
- (ketma-ketligi eniga qarab ketgan) Avval qo‘l kaftlarini bir-biriga ishqalang. So‘ng ko‘z atrofi terisini ko‘rsatkich barmoq yordamida asta uqalang.
- Og‘izni harakatga keltiring. «O», «U»,«E» harflarini 3-4 marta qaytaring.
- Peshanani ikki qo‘l kafti bilan ushlab, barmoqlaringizni xuddi pianino chalayotgandek holatga keltiring.
- Barmoqlaringiz bilan qosh atrofini yengil uqalang.
- Tanaffus qilamiz. 3 daqiqa hech qanday harakat bajarilmaydi.
- Barmoqlar bilan yonoq terisini pastdan yuqoriga paypaslang.
- Boshni xiyol ko‘tarib, daxan qismini uqalang.
- Ko‘zlarni yuming. Barmoq uchida qovoq ustini yengil paypaslang.
- Barmoq uchida yuzning barcha qismlarini «chumoli yurish» usulida yengil paypaslab chiqing.
Manba: Darakchi.uz