Ayol.uz

AYOLLARGA MOLIYAVIY MUSTAQILLIK KERAK.

AYOLLARGA MOLIYAVIY MUSTAQILLIK KERAK.

                                               

Men ayollar erkaklarni boshqarishini istamayman;

                                                                 Ayollar moliyaviy jihatdan erkin  bo'lishlarini xohlayman.                                                                                                                                                                                Meri Uolstonkraft

Moliyaviy mustaqillik nima o'zi? Ko'p maoshli ishmi? O'ttiz-qirq yilga yetadigan pul jamg'armasimi? Balki alementlardir? Ko'pchilik odamlar moliyaviy mustaqillikni quyidagicha izohlashadi :

"Oltmish besh yoshga kirgunimcha ishlayman va nafaqaga chiqib, o'zim uchun yashayman".

Moliyaviy erkinlikka erishgan erkak biznemenlar va sarmoyadorlar juda ko'p. Va bunga qo'shimcha qilib aytishi mumkinki , tashkil etiladigan biznes kurslar  va sarmoyalash dasturlarini katta qismi erakaklar uchun! Bugungi maqolada esa aynan

ayollarning sarmoyalashdagi o'rni va moliyaviy erkinlikka erishishning muhimligi  haqida so'z boradi!

 

Ayollar nega sarmoyalash bilan shug'ullanishi kerak?!

Turmushga chiqayotganda ayol zoti ajralish haqida umuman o'ylamaydi, ishga joylashish oldin ham bo'shash haqida bosh qotirmaydi.  Ammo hozirda bu salbiy holatlar ko'p sodir bo'lyapti. Ayollar, sizining, oliyaviy ahvolingiz eringizga , ish beruvchiga , qarindoshlaringizga yoki yana  kimgadir qarab qolgan bo'lsa, chuqur o'ylab ko'ring ! Axir, siz yolg'izlanib qolishingiz mumkin. Biz odatda beshavqat haqiqatga duch kelmagunimizcha kimgadir qarab qolish oqibat darajasining salbiy tomonlarini  oldindan anglamaymiz.

Kim Kiosaki va jurnalist qiz intervyusidan parcha:

Jurnalist qiz: "Biz ayollarga o'z pullariga o'zlari qayg'urishlari kerakligini isbotlab berishimiz lozim. Ular hech kimning qo'liga qarab qolmasliklari kerak! “

Kim Kiosaki: Jurnalist qiz bilan  suhbatlashish jarayonida uning kuyinishlarini  tushundi. Keyin suhbat davomida shuni bilib qoldiki jurnalist qizning 53 yoshli onasi ajrashib, hech vaqosiz qolib, qizning uyiga kelib yashayotgan ekan. Ushbu ayanchli voqea qizni o'ylantirib qo’yibdi. Kelajakka boqib shuni tushunibdiki, agar u ishini yo'qotsa, qora kunlarga olib quygan yetti ming dollorga yashashlari kerek. Shu holat uni qattiy harakatlarga boshlabdi.

Aslida, Aksiyalar oldi sotdisi, ijaraga beriladigan ko'chmas mulkni boshqarish, biznesni rivojlantirish imkoniyatlarini sarhisob qilish bo'ladimi - ayollar ham erkakalar ham sarmoyalash qobiliyatiga ega . Biroq bunga turlicha munosabatda bo'lib har xil yondoshiladi. Balki biz onalarimizga  qaraganda umuman boshqacha yashayotgandurmiz, ammo qanchalik darajada ekanligini tasavvur ham qilolmaymiz.  Ayollar sarmoyalash  nomli o'yinda ishtirok etishi kerakligini tushuntira oladigan quyidagi oltita sabab bor.

 

 

1.Statistika

Ayollarning moliyaviy ahvollari haqidagi statistika achinarli ahvoldagi koʻrinishga ega. Quyidagi AQSHga tegishli statistika (2000-2010)boshqa ayrim mamlakatlarga ham tegishli deya olaman.

 AQSHda:

- 47 foiz ellikdan oshgan ayollar yolgʻizlar (aksariyati oʻzini oʻzi taʼminlashga majbur);

- ayollarga nafaqa ajratmalar erkaklarga qaraganda kam,  qolaversa, bu iqtisodiyotning tez oʻsish jarayonida ular oʻrtacha 14,7 ga yillik ishlashadi, bu paytda esa erkaklarniki 1,6 (ayollar odatga koʻra uy-roʻzgʻor ishlarini va bolalarni oʻz

zimmalariga olishadi). Maoshlari ozligini hisobga olsak, nafaqalari ham erkaklarnikidan oz;

- 50 foiz nikohlar ajralish bilan yakun topadi. (Xoʻsh, koʻp hollarda bolalar kim bilan qoladi? Albatta, onalari bilan. Oqibatda u yolgʻiz oʻzini ham, bolalarni ham taʼmin-

lashi kerak.) Er-xotinlar mojarolarining asosiy sababi nima? Albatta, pul;

- ajrimning birinchi yili ayolning yuksalishi 73 foizga tushib ketadi;

- maʼlumotlarga qaraganda, ayollar erkaklardan koʻra yetti-oʻn yil koʻproq yashashar ekan, bu degani yana shuncha vaqtga ayollar oʻzlarini taʼminlashlari kerak;

- ayollar toʻplagan pullarining miqdori ozligi va nafaqat fondlarining yetishmovchiligi sababli ishchilar safida yetmish toʻrt yoshgacha ushlanib qolishlari mumkin;

- nochor qariyalarning 3/4 qismini ayollar tashkil qiladi;

80 foiz ayollar erlari tirikliklarida kambagʻal boʻlishmagan;

- taxminan oʻnta ayoldan yettitasini kambagʻallik kutib turibdi.

Bu raqamlar nima haqida gapiryapti? Shu haqdakim, borgan sayin keksalikka yaqinlashib borayotgan koʻpdan-koʻp ayollar moliyaviy qiyinchiliklarga tayyor emaslar. Biz bir umr oilamizni oʻylab yugurib-yelamiz, ammo oʻzimizni keksalikdagi badavlatlik bilan taʼminlay olmaymiz. Biz doim bir nimaga koʻz tikamiz, biror kishidan muruvvat kutamiz, erimizdan, qarindoshlardan, ish beruvchi va hukumatdan

umidvor boʻlamiz yoki bir kun kelib hammasi yaxshi boʻlib ketadi, deb oʻzimizni ovutamiz. Toʻgri, biz oʻsib-ulgʻaygan ertaklarda aynan shunday boʻlgan-da.

 

2.Belgilab qoʻyish uchun yana bir necha raqamlar

- 90 foiz ayollar hayotlarining maʼlum bir vaqtida oʻzlarini oʻzlari taʼminlashadi, yana 79 foiz ayollarning esa bu borada hech qanday rejalari yoʻq.

- 58 foiz bebi-bumer ayollarining avlodlari nafaqa fondlari hisob raqamlarida 10 mingdan oshmagan pullari bor.

- Faqat 20 foiz ayollar nafaqaga chiqqach, moliyaviy himoyaga ega boʻla olishadi.

 

3.”Oynavand shift”ning yoʻqligi

Koorporativ olamda ayollarning muvaffaqiyatga erishishlarida “oynavand shift” haqidagi afsona xalaqit beradi, unga binoan ayollarni yuqori amallarga qoʻyish mumkin emas. Sarmoyalash olamida esa siz ayolmisiz-erkakmisiz, oqmisiz-qoramisiz, kollej bitiruvchisimisiz yoki oʻqishda ikkichimisiz, bularning ahamiyati yoʻq. Bu yerda pul bilan muomala qilishni bilish kerak. Buning uchun aniq bilim va

malaka zarur. Sarmoyadorlik qarorlari qanchalar aqlli boʻlsa, bozorda shunchalar muvaffaqiyat keltiradi. Bu yerda ayollar uchun hech qanday chegaralash, hech qanday shift - oynavand ham, boshqasining ham keragi yoʻq.

 

4.Chegaralanmagan daromad

“Oynavand shift” tufayli va hozirgacha maosh masalasidagi ayollar hamda erkaklar oʻrtasidagi tafovut daromadlar boʻyicha haqiqatning hech bir tarozusiga toʻgʻri kelmaydi. Izlanishlar shuni koʻrsatadiki, ayol erkak bilan teng taʼlimga va malakaga ega boʻla turib, erkak kishi oladigan maoshning 74 foizini olar ekan, xolos. Sarmoyalash olamida daromad chegaralanmagan, qancha pul va daromad olish oʻz qoʻlingizda, hammasini oʻzingiz boshqarishingiz mumkin.

  1. Oʻz bahosini oshirish

Menimcha, bu fazilat ayol uchun sarmoyalash faoliyatida yaxshi ustunlikni bera oladi. Ayolning oʻziga baho berishi oʻzini taʼminlash qobiliyati borligi bilan bogʻliq. Moli-

yaviy qaramlik bu qobiliyatni susaytiradi va ayolning pul kerak boʻlmagan paytda ham biror narsa qilishiga toʻsqinlik qiladi. Yaʼni, undagi ijodkorlikni yoʻq qiladi.

Men ayoldagi qobiliyat oʻzi uchun qaygʻura olish ishonchini mustahkamlay olishini va oʻzida gʻururni his qildira olishini koʻp koʻrganman. Oʻzini baholash oshib borsa,

atrof-muhitga boʻlgan munosabat ham yaxshilanadi. Ayolning hayoti sifatli yaxshi bosqichga koʻtariladi, chunki u oʻzida uygʻunlikni his qila boshlaydi va unga aynan nima kerak boʻlsa, oʻshani qiladi. Har bir kichik gʻalabadan oʻzini yuqori baholashga uning ishonchi ortib boradi. Uzini yuqori baholashi uni muvaffaqiyat sari boshlab, ozodlikni beradi.

 

 

6.Vaqtni boshqarish

Ayolga sarmoyalash bilan shugʻullanishiga eng asosiy toʻsiq (turmush o’rtog’idan koʻra oldin) bu - vaqt yetishmovchiligi. Ayniqsa, bu bolali ayollarda sezilarli darajada boʻladi. Ayollardan koʻpincha eshitiladigan gap: “Ishdan kelib, kechki ovqatni tayyorlayman, bolalarga dars qilishga yordam beraman, uyni yigʻishtiraman. Hammasini tugatganimdan soʻnggina oʻzimni oʻylashimga vaqt qoladi, ammo bu paytda charchab boʻlgan boʻlaman!”Sarmoyalashga sizda qancha vaqt boʻlsa, oʻshani bagʻishlashingiz mumkin. Sarmoyalash bilan uyda, offisda - oʻng kelgan joyda shugʻullansangiz boʻladi.Bundan tashqari, bu faoliyatga bolalarni ham jalb qi-

lish mumkin. Koʻp bolali onalar menga aytib berishgandi, ular biznes yoki koʻchmas mulkni sarmoyalashdagi imkoniyatlarni taftish qilishni bolalariga tushuntirishgan. Bu

bilan bolalar yoshliklaridanoq sarmoyador boʻlishni oʻrganishadi.

Vaqt — bu ozodlikning bir qismi. Sarmoyador boʻlish bilan birga siz undan oʻzingiz istaganingizdek foydalanishingiz mumkin: uni bolalar bilan oʻtkazish yoki sevgan odamingiz bilan sayohat qilish, ishdagi imkoniyatlarni oʻrganish... Vaqtni oʻzingiz nazorat qilasiz.

XULOSA

Shu oltita sabab ayollarning sarmoyalash bilan shugʻullanishlari kerakligini tushuntiradi. Statistika shuni koʻrsatadiki, jamiyatda ayollarning oʻrinlari ancha oʻzgardi va moliyaviy taʼlim ularning hayotlarida eng kerakli tamoyilga aylanib boryapti. Moddiy erkinlikka erishish - bu qozonga suyak tashlagan bilan barobar: yutuq koʻp boʻlishi mumkin, ammo tavakkalchilik juda ulkan. Ayollar asrlar

mobaynida maosh tengligi uchun kurashib kelishmoqda. Sarmoyadorlik olamida bunday chegaralashlar olib tashlanadi. U yana ikkita ustunlikni bera oladi: oʻziga baho berishni oshirish va vaqtdan oʻzi istaganicha foydalanish. Hozirda ayol nafaqat sarmoyalash bilan shugʻullana oladi - bu bilan shugʻullanishi shart.

 

Moliyaviy mustaqil boʻlish uchun oʻzidagi  sababni qanday aniqlash mumkin?

Osuda joyni toping, sizga hech kim xalaqit bermasin.

Shoshilmang. Balki javob darrov topilar, balki esa bunga bir oz vaqt kerak boʻlar.

  1. 1. Oʻzingizdan soʻrang: “Moliyaviy mustaqil boʻlishni istashimning asil sababi nima?”

Quyidagilarni oʻylab koʻring:

*Agar ishlashingiz shart boʻlmaganda nima qilgan boʻlar dingiz?

*Agar vaqtingizni istagan narsangizga ketkazish imkoniyati tugʻilsa, qanday yoʻl tutardingiz?

*Pul haqida qaygʻurishingizning hojati boʻlmaganda hayotingiz qanchalar oʻzgarardi?

  1. Kallangizga kelgan har qanday gʻoyani qogʻozga yozing.

11.1. Oʻzingizdan yana bir bor soʻrang: “Yuragim tubining qayeridadir moliyaviy mustaqillikka intilish ildizi yashiringan. Qayeriga?” Oʻz ichingizga nazar solib koʻring.

  1. Yana hamma gʻoyalarni yozing.

III. 1. Yana savol bering: “Moliyaviy mustaqillikka erishish yoʻlidagi eng asosiy va eng qimmatli istagimning sababi nima?”

  1. Hammasini yozing.

Shu savollarni oʻzingizga qayta-qayta berishni davom eting, qalbingiz toʻriga yetib borib, oʻz  o’zingizni topmaguningizcha savollarni toʻxtatmang.

 

Rivojlanayotgan asrda har bir insonning shaxsiy fikri va pazitsiyasi bor. Har kim bu tushunchani o'zicha izohlaydi. Bu borada muvaffaqiyatga erishgan insonlar tajribasi alohida o'ringa ega.

 

          KIM KIOSAKI

       Xalqora toifadagi mashhur Speaker, Bizneslady,  Investor. “Boy ayol” kitobi muallifi. Moliyaviy erkinlikka erishishni  istaydigan ayollar uchun yorqin namuna.                                                                          

       Robert   Kioasakining turmush o’rtog’i. Robert Kioasaki Amerikalik katta biznesmen va investor. Rich Dad Company asoschisi, Biznes motivator.

 

Quyida Kim Kiosaki tajribasidan parcha :

“Mening ham moliyaviy mustaqillik haqida oʻz qarashim bor va u mening oʻttiz yetti yoshimda ishlashdan forigʻ boʻlishimga sabab boʻldi. Lekin bu haqida gapirib  berishimdan oldin turmush oʻrtogʻim Robert Kiosaki yozgan “Boy ota,  kambagʻal ota” kitobini oʻqishingizni taklif qilmoqchiman. Bu uning ikki otasining boshidan oʻtgan chin voqealar  haqida yozilgan kitob. U kambagʻal ota deb oliy maʼlumotli,  falsafa fanlari doktori, Gavayi shtatining moarif Departamenti boshligi boʻlgan oʻz otasini aytadi. Kambagal deganiga sabab u har qancha pul ishlab topsa ham, oyning oxirida pulsiz qolardi. Boy otasi, uning yaqin doʻstining otasi boʻlgan. Uning unchalik bilimi boʻlmagan, shunga qaramay, u Gavayida oʻzining koʻchmas mulk imperiyasini barpo qila olgan. “Boy ota, kambagʻal ota” - bu ikki otaning oʻz oʻgʻillariga pul haqida gapirganlari toʻgʻrisidagi kitob. Pul, boylik va moliyaviy ozodlik haqidagi hamma narsalarni men Robertdan oʻrgandim yoki boy otasi haqidagi yozganlaridan, desam ham boʻladi. Shuning uchun ham uchinchi kishidan uning darslarini olishingiz oʻrniga men oʻsha kitobni oʻzingiz oʻqiganingiz maʼqul deb hisoblayman. Siz undan bu falsafaning oʻzak tamoyillarini oʻrganasiz va oʻsha poydevorga ketadigan mahsulotlarning nimaligini bilib olib, moliyaviy kelajagingizni qurishda ishlatasiz.Meni xayron qoldirgan narsa - boy ota oʻz boyligini qanday toʻplagani. Ular baʼzi “moliyaviy ekspertlar” beradigan maslahatlarning umuman aksidir. Uning taʼlimi ilk qarashda qiyin ko’rinsada, aslida oson. Uni oʻrganish uchun faqat ozgina vaqt, qobiliyat va sogʻlom aql darkor.

      Xoʻsh, moliyaviy mustaqillik oʻzi nima? Men uni koʻp yillar davomida oʻzimcha talqin qilaman va oʻz formulam boʻyicha harakatlanaman, u menga moliyaviy tomondan kuchli va mustahkam boʻlishimni taʼminlab kelyapti. Men koʻp moliyaviy mustaqilliklar haqida eshitganman va bunda toʻgʻri yoki notoʻgʻri yoʻnalishlar bor, deb hisoblamayman. Har kim oʻziga yoqqanini tanlaydi, men shunchaki shaxsan menga moliyaviy tomondan ozod boʻlishimga yordam berganini aytib bermoqchiman. Bu formulani Robertga boy otasi oʻrgatgan. Yana aytaman, aniqroq bilishni istasangiz, kitobni olib oʻqiganingiz maʼqul. Formula quyidagicha: men pul oqimi keltiruvchi aktivlarni sotib olaman. Bu pul oqimi mening kunlik chiqimimni qoplaydi. Agar aktivlardan kelayotgan pul oqimi chiqimlarimga teng boʻlsa yoki ulardan oshib ketsa, demak, men moliyaviy mustaqillikka ega boʻlaman. Men ozodman, chunki aktivlarim daromad keltiryapti va men uchun ishlayapti. Endi mening ishlashimning hojati yoʻqedi . To’g’ri, bu darajaga birdan erishmaganman. Bu jarayon ko’p vaqt va harakat talab qilgan.Ko’pchik aytganidek Robert mening turmush o’rtog’im bo’lganligi uchun  bu drajaga erishishim tezroq kechgandur ,balki.

         Aslida, hammasi qanday boshlangandi:

        Biz Robert bilan birinchi uchrashuvimizdan bir oy oʻtgandan soʻng ish boʻyicha hamkor boʻldik. Koʻp yillar davomida biz bir necha kompaniyalarni tashkil qildik.

Kompaniyamiz olti yildan beri faoliyat koʻrsatayotgan paytda oila qurdik. Aynan shu narsa mening koʻzimni ochdi. Kompaniyaning Avstraliyada, Yangi Zelandiyada, AQSH, Gonkongda, Singapur, Malayziya va Kanada mamlakatlarida shaxobchalari bor edi. Kompaniyaning asil egasi, boshqaruvchisi va gʻoya yurituvchisi ham Robert edi. Bu, albatta, kompaniyaning rivoji uchun yaxshi edi. Bir kuni biz tortishib qoldik

va bu holat qarama-qarshilikni vujudga keltirdi. Men zarda bilan uydan chiqib ketdim. Oʻsha paytda ikkimiz ham serqirra fikrlash darajasida emasdik. Mening oʻylab koʻrishimga vaqt kerak edi va men toqqa yoʻl oldim. Yolgʻizlikda yurib, fikrlab haqiqatni izlab topganday boʻldim.Men bir umr oʻzimning mustaqil ekanimdan gʻururlanib kelardim. Birinchi ishim paydo boʻlgandan boshlab men bilardim: endi oʻzim ishlab pul topar ekanman, hech kimga qarab qolmayman. Biz kompaniyani Robert bilan birga tashkil qilgan boʻlsak-da, aslida holat qandayligini tushuna boshladim. Agar men Robert bilan ajrashsam, nafaqat ersiz qolaman, biznesimdan ham ayrilaman-ku! Hujjat boʻyicha Robert boshliq edi, agar u ketgan taqdirda ham kompaniya qulardi. U qolib, men ketsam-chi?! Ikki holatda ham men moliyaviy jihatdan erimga bogʻlanib qolaverardim. Robert-ku bunday taxminlarga mening nazarim bilan boqmasdi, ammo men shunday qarayapman-ku. Bu ogohlantirish tovushi edi. U mening uygʻonishimga turtki boʻldi va oʻzimga bundan keyingi har qanday chiqargan qarorlarim nafaqat bank hisob raqamlari uchun, balki oʻzim uchun foydali boʻlishi kerak deb vaʼda berishimga undadi.Natijada biz Robert bilan yarashdik va har doim birga boʻlishimiz kerakligini tushundik. Lekin oʻsha kun mening hayotimni oʻzgartirib yubordi. Oʻshanda menda arzimagan ijaraga berish huquqili koʻchmas mulk bor edi va men unga xobbi sifatida qarardim. Endi boʻlsa, u mening uchun ozodlik timsoli. Aynan oʻshanda menda sarmoyalashga intilish

paydo boʻldi va sarmoyalash missiyaga aylandi. Sarmoyadorlik faoliyatim jarayonida bitta plyus tomon paydo boʻldi: oʻyinning mohiyatini tushunib, ishlamay pul topishni oʻrganib, hayotimda birinchi bor shuni bildimki, men endi Robertga zor emasman. Men u bilan birga boʻlgim keladi, lekin unga moliyaviy qaram boʻlganimdan emas, u menga inson sifatida kerak. Oʻsha paytda bizning munosabatlarimiz yangicha maʼnoga ega boʻldi. Biz ikkimiz birga edik, chunki aynan shuni istardik. Undan tashqari, sarmoyalash menga yana bir ustunlikni berdi: oʻzimga baho berishim ortdi. Natijada esa ikkimizning oʻrtamizda hurmat koʻpaydi, sevgi, baxt va munosabatlar teng huquqlilikka chiqdi.”

                Kuchliroq bo’lish uchun biror narsani qilishda urinib ko’rinishga jazm qilish kerak. Ishonamanki, Siz moliyaviy erkinlikka erishish uchun jazm qilasiz!

 

Sarvinoz Ergasheva